Oregon
|
|||||
|---|---|---|---|---|---|
|
|||||
|
Shtat laqabi: |
|||||
| Poytaxt | Salem | ||||
| Eng yirik shaharlar | Portland Salem Eugene |
||||
| Maydon - Butun |
AQSh: 9-oʻrinda 254,805 km² |
||||
| Aholi - Butun (2011) |
AQSh: 27-oʻrinda 3,641,056 |
||||
| YShM |
AQSh: 28-oʻrinda $128,103 mil. |
||||
| Ittifoqqa kirish - Sana |
33-boʻlib 14 fevral 1859 |
||||
| Vaqt | UTC-8 (PST) / -7 (MST) | ||||
| Qisqartma | OR [41] | ||||
| Shtat guli | Oregon grape |
||||
| Shtat daraxti | Douglas-fir |
||||
Oregon — AQShning shim.-gʻarbiy qismidagi shtat. Tinch okean sohilida. Mayd. 251,4 ming km². Aholisi 3,5 mln. kishi (2002), 70% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Seylem sh., iqtisodiy markazi va porti — Portlend sh. O. hududiga yevropaliklar 19-a. boshidan borib oʻrnashganlar. 1859 y.da O. shtat maqomini olgan. O.ning gʻarbiy qismi togʻlik (eng baland joyi 3427 m), ichki qismi plato. Iklimi sohil qismida moʻʼtadil nam (yogʻin 2000mm), plato qismida quruq kontinental. Togʻ yon bagʻirlari igna bargli oʻrmon bilan qoplangan. O. — oʻrmon zaxirasi va yogʻoch tayyorlash boʻyicha AQShda yetakchi oʻrinda. Kolumbiya daryosi va uning irmoklari gidroenergiya zaxirasiga boy. Sanoatining yetakchi tar-moklari: oʻrmon xoʻjaligi va yogʻochsozlik. Oziq-ovqat sanoati baliq, meva va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Yirik GESlar, alyuminiy va nikel eritish z-dlari, metallsozlik va mashinasozlik korxonalari bor. Sohil qismi va daryo vodiylarida dehqonchilik va sut chorvachiligi rivojlangan. Ichki hududlarda yaylov chorvachiligi va sugʻorma deqqonchilik bilan shugʻullaniladi. Asosiy tovar ekinlari: bugʻdoy, arpa, kartoshka, yem-xashak oʻtlari.[1]
Oregon - Amerika Qo`shma Shtatlardan biri. Poytaxti - Salem shahri. AQSh ittifog`iga 14 fevral 1859 yilda kirgan, undan oldin - Oregon Territory.
Manbalar[tahrir]
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Shtatlar |
Aydaho • Ayova • Alabama • Alaska • Arizona • Arkanzas • Vayoming • Vashington • Vermont • Virjiniya • Viskonsin • Gavayi • Delaver • Jorjiya • Gʻarbiy Virjiniya • Illinoys • Indiana • Kaliforniya • Kanzas • Kentukki • Kolorado • Konnektikut • Luiziana • Massachusetts • Minnesota • Mississippi • Missuri • Michigan • Montana • Meyn • Maryland • Nebraska • Nevada • Nyu-Xempshir • Nyu-Jersi • Nyu York • Nyu-Meksiko • Ogayo • Oklahoma • Oregon • Pennsilvaniya • Rod-Aylend • Shimoliy Dakota • Shimoliy Karolina • Tennessi • Texas • Florida • Janubiy Dakota • Janubiy Karolina • Yuta |
|---|---|
| Federal okrug | |
| Orol hududlari | |