| {{{name}}} | |
|---|---|
Google (Gugl) - qidiruv tizimidir
Ushbu tizim hozirda internetda mashhurligi boʻyicha birinchi oʻrinda bormoqda (u 70% qidiruv soʻrovlarini amalga oshiradi). Hozirda u kuniga 50 mln. qidiruv soʻrovlarini registratsiya qiladi va ayni vaqtda 8 mlrd. dan ortiq veb sahifalarni indeksatsiyalagan. Google 101 tadan ortiq tillarda soʻrovlarni qayta ishlaydi va 132 mingdan ortiq komputerlardan iborat.(2004-yil avgust oyi maʼlumotlariga asosan)
Mundarija
Kompaniya[tahrir]
Qidiruv tizimi Google Inc. sifatida Mauntin Vyuda roʻyxatdan oʻtgan.
Saytlarni indekslash[tahrir]
Google qidiruv roboti tarkibida User Agent bor. User Agent - Googlebot(Qidiruv roboti) - bu sahifalarni tarkibini qidirishda indekslash uchun skaner qiluvchi asosiy robotlardan biri xisoblanadi. Bundan tashqari bu kabi bir qancha robotlar mavjud:
- Googlebot-Mobile - mobil qurilmalar saytlarini indekslovchi robot; - Google Search Appliance (Google) gsa-crawler - yangi apparat-dasturiy kompleksi Search Appliance ning qidiruv roboti; - Googlebot-Image — rasmlarni indekslash uchun sahifalarni skaner qiluvchi robot; - Mediapartners-Google - sahifalar tarkibida uchrovchi AdSense boʻyicha skaner qiluvchi robot; - Adsbot-Google - AdWords boʻyicha skaner qiluvchi robot.
Soʻrovlar sintaksisi[tahrir]
Google interfeysi murakkab soʻrovlar tilidan tarkib topgan. Soʻrov jarayonida alohida domenlar, tillar, fayl turlari va hokazolar boʻyicha soʻrov sohasini yanada aniqroq boʻlishini taʼminlaydi. Masalan, «intitle:Google site:wikipedia.org» soʻrovi Vikipediada mavjud boʻlgan mavjud tillardagi barcha maqolalarda, shuningdek sarlavhalarda Google soʻzi uchrovchi natijalarni koʻrsatadi. Ushbu murakkab va koʻplab imkoniyatlarga ega boʻlgan soʻrov tili xakerlar tomonidan veb saytlarni tadqiq qilishda foydalanishi mumkin.
Asoschilari[tahrir]
IPO[tahrir]
Google 19 avgust 2004-yilda oʻz aksiyalarini fond birjasida sota boshladi. 1.67 mlrd. AQSh dollarilik 20 mln. aksiyalar sotilib ularning 1.2 mlrd. dollari Googlening oʻzida qoldi. 2005-yil noyabr oyining maʼlumotlariga qaraganda, Google aksiyalari narxi 400 AQSh dollaridan oshib ketdi (ular birjada dastlab 83 dollardan narxlangandi) va korporatsiyaning kapitalizatsiyasi 119 mlrd. dollarga teng boʻldi.
Google xizmatlari va utilitilari[tahrir]
- IE uchun Google Toolbar - ushbu plagin(plugin) Internet Explorer brauzeri uchun qoʻshimcha funksional panel qoʻshadi. Unda qidiruv, veb formalarni toʻldirish, suzib chiquvchi oynalarni bekor qilish kabi imkoniyatlar mavjud.
- Firefox uchun Google Toolbar - Firefox brauzeri uchun funksional panel
- Google Earth — Yer yuzasining 3 oʻlchovli xaritasi.
- Google Maps - Google xarita tizimi.
- Picasa 2. Picasa - Raqamli tasvirlar bilan ishlash vositasi.
- Google Talk — Googledan internet peyjer(pager).
- Desktop Google Search — Windows OS uchun ish stolida (yani lokal komputerda) qidirish vositasi.
- Personalized page - Foydalanuvchilarga Google bosh sahifasini oʻziga moslashtirish imkoniyatini beradi.
- Google RSS aggregator - Googledan rss agregator (yigʻuvchisi).
- Google Calendar - Vaqtni tejash va turli voqealarni sana bilan bogʻlash uchun yaratilgan kalendar.
- Google Notebook - Veb sahifalarga turli izohlar qoʻyish yoki ulardan matn va tasviriy maʼlumotlarni yagona joyda saqlash uchun moʻljallangan xizmat.
- Google Chrome - Veb-brauzer.